Namanganda fuqaro “Odnoklassniki” orqali terrorchilar taʼsiriga tushib qoldi

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi hamda Namangan viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari davomida, www.odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchi “Imom al-Buxoriy katibasi” nomli xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi g‘oyalar qayd etilgan videomateriallarni o‘z sahifasiga joylashtirganligi aniqlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Olingan maʼlumotni tekshirish uchun o‘tkazilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida, “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchisi Namangan viloyatida yashovchi, 24 yoshli fuqaro  I.A. ekanligi aniqlandi va tezkor tadbirlar natijasida qo‘lga olindi.

Aniqlangan holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro I.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar! Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning targ‘ibotchilarini aldovlariga ishonmang», deyiladi markaz xabarida.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *