Ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, oliy maʼlumotga ega bo‘lgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim bo‘yicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

O‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10 iyuldan 10 avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) har yili 1 iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30 avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda o‘qish 2-kursdan boshlanadi. Bunda o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Ushbu nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Maʼlumot uchun, mazkur tartib 2022 yil 1 maydan kuchga kiradi.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *