Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik harbiy halok bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Namanganda tashrifi davomida Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik bir askar halok bo‘lganini maʼlum qildi. Bu haqda Telegram‘dagi “Nigoh” kanali xabar berdi.

«Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘ldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin bizning daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qatʼiy, kerak bo‘lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz. Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi – namanganlik edi», – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan