Oltiariqda paxta qabul qilish punktida yong‘in chiqdi

2021-yil 27-sentyabr kuni soat 13:27da Oltiariq tumani “Poloson” MFY, Marg‘ilon ko‘chasida joylashgan paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:35 da yetib borib, soat 14:00 da yong‘in qurshab olingan va soat 14:34 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shu o‘rinda, FVV: «Hurmatli fuqarolar, paxta tez alanga oluvchi xomashyodir. Mavsumni har tomonlama betalofat o‘tkazishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya eting»,– deya aholiga murojaat qilmoqda.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *