Samarqandda 6 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 6 yoshli o‘g‘lini sotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, 3 nafar farzandli ayol 6 yoshli o‘g‘lini 8—10 yildan beri farzand ko‘rmagan oilaga 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ayolning aytishicha, sotishga uning shaxsiy uyi yo‘qligi sabab bo‘lgan. Uning 3 nafar farzandi bor edi.

Sodir etilgan holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqilgan. Ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan