Afgʻonistonda mamlakatning oxirgi monarxi — Zohirshoh davrining konstitutsiyasi qoʻllaniladi, faqat shariatga zid boʻlgan qoidalar bundan mustasno. Bu haqda Adliya vazirligi boshligʻi Abdul Hakim Shariaga asoslanib RIA Novosti maʼlum qildi.
Adliya vazirligining bayonotiga koʻra, muvaqqat vazir Afgʻonistondagi Xitoy elchisi bilan uchrashuvda Afgʻoniston oxirgi shoh davrida mamlakatda amalda boʻlgan konstitutsiyani ishlatishini, faqat shariat qoidalariga zid boʻlgan qoidalar bundan mustasno boʻlishini aytgan.
Avvalroq, Madaniyat va axborot vaziri oʻrinbosari Zabihulla Mujohid RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida mamlakatda hokimiyatni qoʻlga olgan «Tolibon» harakati kelasi yili yangi konstitutsiyani ishlab chiqish boʻyicha komissiya tuzishni rejalashtirayotganini aytgandi.