Respublikamizning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

“Oʻzgidromet” 30-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida xabar berdi. Unga koʻra, bugun kunduz kuni Oʻzbekistonda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻistonda beqaror ob-havo boʻlishi kutilmoqda, hududning baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28°, shimolda 13-18° atrofida boʻladi.

Poytaxtimizda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 24-26° ni tashkil etadi.

Togʻli hududlarda havo oʻzgarib turadi, Toshkent viloyatining togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° boʻladi.