Ijtimoiy tarmoqlarda Qorovulbozor tumanida istiqomat qiluvchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan doimiy ravishda qiynoqqa solinib, voyaga yetmagan farzandlari yonida urib do‘pposlab kelayotganligi holati yuzasidan tarqalgan vedio bo’yicha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko’ra, haqiqatdan ham Qorovulbozor tumani Imom Buxoriy mahallasida istiqomat qiluvchi M.M. ismli ayolni Buxoro shahar “Gulshan” mahallasida yashovchi turmush o’rtog’i A.S. 2021 yil 22 avgust kuni taxminan soat 10:30 larda ajrashish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga daʼvo arizasi kiritganligidan g‘azablanib, otasining uyida yashab kelayotgan ayolining yoniga borib, u yerda o‘zaro janjallashib qolib, janjal vaqtida turmush o‘rtog‘i M.M. ni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘llari bilan uning boshi, yuzi va tanasining boshqa sohalariga qasddan urib jarohat yetkazadi.
Sudga oid sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sog‘lig‘ining qisqa vaqt yomonlashuviga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorovulbozor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan A.S. ga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksinining 140-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.