Maktab oʻquvchilarining oilalariga ularning xarajarlari uchun har yili ona kapitalidan 20 000 rubl toʻlanadi, deya xabar bermoqda Коммерсантъ.
Xabarga koʻra, Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi Rossiyadagi har bir oʻquvchining zaruriy xarajatlari uchun onalik kapitalidan maʼlum miqdorda mablagʻ ajratilishini koʻzda tutuvchi taklifni koʻrib chiqmoqda.
— Hukumat doimiy ravishda jamoatchilik talabiga javob berib, oilalarga onalik kapitalidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda va uni taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirmoqda. 2020 yildan boshlab onalik kapitali birinchi bola tug’ilganda ta’minlanadi, sertifikatning proaktiv, tasdiqlanmagan berilishi joriy etiladi, mablag’larni tasarruf etish va ularni tanlangan yo’nalishga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish muddatlari qisqartiriladi. Onalik kapitalidan oylik to’lovlarni qabul qilish mezonlari kengaytirildi. Hisob palatasining yangi takliflari ham diqqat bilan o’rganiladi, — degan vazir oʻrinbosari Olga Batalina.
Rossiyada onalik kapitali 2007 yildan ikkinchi bola tugʻilganida, 2020 yildan esa, birinchi farzand tugʻilgandayoq toʻlanilishi yoʻlga qoʻyilgan.