“Tolibon” harakati qo‘shinlarini Tojikiston chegarasiga to‘playotgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda harakat vakili Bilol Karimiy RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
“Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, degan Karimiy qo‘shinlar ikki davlat chegarasiga yaqinlashayotgani haqidagi savolga.
Tojikiston kuch tuzilmalaridagi manbaning ma’lum qilishicha, Dushanbe Afg‘oniston bilan chegarada toliblar to‘plangani haqidagi xabarlarga qo‘shilmaydi. Ta’kidlanishicha, vaziyat barqaror, provokasiyalar yo‘q.