21-sentabr kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, L.I Baxtiyorlik koʻchasida yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, oʻng qoʻlida qora tselofan paketga oʻralgan, “gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar bermoqda.
Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.