Sobiq Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili o‘z videobayonotida o‘zining sakkiz yildan so‘ng nihoyat uyiga qaytganini ma’lum qildi. Ammo Gruziya IIV vakillari jurnalistlarga bergan intervyusida buni rad etdi.
Saakashvili o‘zining qaytishini izohlar ekan, «Gruziyada sof demokratiya shakllanishiga umid qilib kelgan»ini aytdi.
Ukrainada Islohotlar milliy kengashi ijroiya qo‘mitasi rahbari lavozimini egallab turgan Mixail Saakashvili 2 oktyabrga Tbilisiga chipta sotib olganini aytgan edi. Aynan shu kuni mamlakatda mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tadi. Siyosatchiga ko‘ra, hatto Gruziya rasmiylari uni qamoqqa tashlagan taqdirda ham, «gruzin xalqi o‘zining sobiq prezidentini ozod qiladi».
U 2013 yilda vakolati tugagandan so‘ng, darhol Gruziyani tark etdi va Tbilisi sudi tomonidan ikkita jinoyat ishi – xizmat vakolatlarini haddan oshgani va yomon maqsadda foydalangani uchun uch va olti yilga qamoq jazosiga hukm qilingan.