Sobiq prezident Saakashvili hibsga olindi

Пирвели ТВ ning xabar berishicha, bugun Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili hibsga olingan.

Ayni damda sobiq prezident Tbilisi yaqinidagi Rustavi qamoqxonasida saqlanmoqda.

Gruziya OAVlarida allaqachon Mixail Saakashvilining hibsga olinishiga oid materiallar ommaga yetkazilmoqda.

Ukrainaning Gruziyadagi elchixonasi Saakashvilining hibsga olinishi haqida izoh berishdan bosh tortdi. Hozir sobiq prezident Ukraina fuqarosi. U Gruziya fuqaroligidan mahrum qilingan.

Bugun Saakashvili onasini koʻrish uchun kelgani haqida xabar bergan edik.