Poklik insonning fitratida bo‘lmasa…

Yangihayot tumani, O‘zar ko‘chasida hammaga maʼlum yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar bor. Yangi Choshtepa uylari, tasavvur qilyapsizmi shu yerda ham yangi so‘zi bor. Ammo mana shu yangi so‘z bu yerdagi aksariyat aholining asl yuzini ochib beradi.

Bu hududda uylar ikkiga bo‘linadi. Davlat tomonidan subsidiya asosida 45 ta yetti qavatli uy nogironligi bor, kam taʼminlangan aholiga tarqatilgan. Qolgan 30 dan ziyod uylar aholi tomonidan sotib olingan. Sotib olingan uylar tomon boshqa dunyo, u yerlar oylik to‘lov evaziga tozalash xizmati ko‘chalarni, o‘t o‘lanlar, hatto podyezdlarni ham tozalab ketadi.

Subsidiya asosida berilgan uylar boshqa bir dunyo. Birinchidan bu uylarning kam taʼminlangan aholiga tarqatilganiga shubha qilasiz. Ikkinchidan uy oldilaridagi tartibsizlikni ko‘rib yana ko‘nglingiz xira bo‘ladi. Besh minutlik yo‘l yursa chiqindi tashlash uchun mo‘ljallangan joylar bor.

Biroq, bu uylarda ishi o‘ta zarurlar yashaydi, ularning chiqindisini birov tozalashi kerak. Shundoq mashinasi yaqinida qoldirib ketish ularga odat. Ayrim “madaniyatli”lar uy burchaklariga chiqindini shundoq to‘kib ketgan. Eʼtibor qilsangiz, buning diplomi bor, tagida mashinasi bor, tayinli ishi borlar qilgan. Ularning ishi shunchalik zarurki, birov kelib chiqindisini tozalashi kerak go‘yo.

Arzimagan 40 ming so‘m evaziga eshigingizdan chiqindini olib ketish xizmati mavjud. Yetmish chog‘li qo‘p qavatli uyning birgina uyi oldi gulzor qilingan. Gulzor ham havas qilgulik. Qolganlarning 30 foizga yaqini chiqindini shunday tashlab ketadi. Vaholanki, shu uylar oldida ertadan to kechgacha xotin-xalaj gap sotib o‘tirishdan ortmaydi.

Mayli, balki ularga tegishli chiqindi emasdir, ammo baribir tabiatda inson bir-birini tarbiyalashi zarur. Tozalikka eʼtibor berish kerak. Hamm kasallik shuning asorati emasmi aslida. Biz beeʼtibor bo‘laversak oxiri nima bo‘ladi? Nahotki biz shunchalar ishyoqmas bo‘lib qoldik?

Mualllif: Nuriddin Ziyo To‘raqulov