Odatiy shanba kunlarining biri edi. Jakarta Mehat bo‘limining o‘qitish markazida odatdagi kun o‘tib borayotgan edi. Odamlar o‘z yumushlari bilan band.
Indoneziya Milliy armiyasining 46 yilligidan qaytayotgan askarlar o‘z qismlariga tomon yo‘l olishgan.
Taxminan, soat 15:25 lar atrofida A-1324 dumli, C-130H-30 (seriya-4927, 1982 yil iyunida ishlab chiqarilgan L-82 modelli samolyot uchish uchun ruxsat olib, ayeroport yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlana boshlaydi.
Oradan taxminan 5 daqiqalar o‘tib, guvohlardan biri samolyotning nosozlik yuzaga kelgan qanotidan olov chiqib, dvigatellardan biri yonib ketayotganini ko‘rib qoladi.
Bu vaqtga kelib, allaqachon layner havoga ko‘tarilib bo‘lgan edi. Mutaxassislar fikricha, yong‘in dvigatelga shikast yetkazgan. Ushbu nosozlikdan so‘ng qanotlar mexanizmlari jiddiy zarar ko‘rgan.
Yuzaga kelgan texnik vaziyatda halokat muqarrar edi. Uchuvchilar boshqaruvni yo‘qotadilar. Balandlk pasayib boradi.
Aeroport shahardan unchalik uzoqda emas edi. Qulash vaqtida samolyot Jakarta ustidan uchib o‘tardi. Balandlik keskin yo‘qotilib, samolyot Mehnat bo‘limining o‘qitish markazi binosiga qulaydi va portlash yuz beradi.
Hammasi bo‘lib, bortda 12 ekipaj aʼzosi va 122 maxsus xizmat vakillari bo‘lgan. Portlashdan 1 soat keyin boshlangan yomg‘ir qutqaruv ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yiga halal berar edi.
Voqea joyidan og‘ir kuygan uchuvchi, mayor Ilhom Samsulni topishadi. Ammo, olingan jarohatlar sabab uchuvchi o‘sha kuni shifoxonada vafot etadi.
Halokatda maxsus kuchlardan faqat bittasi tirik qoldi, bortdagilarning hammasi halok bo‘ldi. Shuningdek, binoning ikki qo‘riqchisi fojia oqibatida o‘lgan. Hammasi bo‘lib, 135 kishi vafot etdi, shuning uchun samolyot halokati o‘sha paytda Indoneziyada 1 o‘rinni egallagan edi.
Muallif: Kamoliddin Abduaziz o‘g‘li