Bekobodda “Real Madrid” klubining futbol akademiyasi ish boshladi

Bekobodda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochildiToshkent viloyatining Bekobod shahrida “Real Madrid” klubining futbol akademiyasi ish boshladi.

Ushbu futbol akademiyasida barcha shart-sharoit mavjud: o‘yin maydonlari, yotoqxona, o‘quv bo‘limi va zamonaviy oshxona. U yerda 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 7 ta yosh toifasida futbolchilar tayyorlanadi. Akademiyada o‘quv-mashg‘ulotlari “Real Madrid” futbol klubi anʼanalariga mos ravishda olib boriladi. Mashg‘ulotlar uchun tabiiy va sunʼiy futbol maydonlari, fitnes mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan inshootlar bunyod etilgan.

Mazkur akademiyaning ochilish marosimda “Real Madrid” futbol klubining afsonaviy sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa ishtirok etdi hamda unga qabul qilingan yosh futbolchilarga o‘z mahorat va tajribasini namoyish qildi.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *