“Qamchiq”da qor yogʻdi

YHXBB matbuot xizmati xabar berishicha, 5 oktyabr kechasida respublikamizning “Qamchiq” dovonida qor yogʻgan.

“Ayni vaqtlarda “Qamchiq” dovonida qor yog‘moqda. Yo‘llar nam bo‘lganligi bois, haydovchilardan keskin tormoz bermasliklarini so‘raymiz. Keskin tormoz — sirpanish holatlarini yuzaga keltirishi, buning oqibatida esa ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishi mumkin.‼️

Barcha haydovchilardan yo‘llarda oraliq masofani saqlab, qoidalarga rioya qilishlarini, dovon yo‘lidan harakatlanib o‘tuvchilardan esa o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz” deya keltirilgan xabarda.