Dzyudochilarimiz Tojikistonda o‘tkazilgan musoboqada 5 ta medal sovrindori bo‘lishdi

Dzyudochilarimiz Tojikistonda o’tkazilgan musoboqada 5 ta medal sovrindori bo’lishdi

Joriy yilning 2-5-oktabr kunlari Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha Tojikiston Prezidenti kubogi uchun o’tkazilgan musoboqada O’zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Bu haqda Sport va Turizm vazirligi ma’lumot berdi.

Unga ko’ra, birinchi kungi bellashuvlarda -66 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Dilshodbek Yo‘ldoshev oltin medalni qo’lga kiritdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida hamyurtlarimizdan yana 4 nafari shohsupaga ko‘tarilishdi. Jumladan, -90 kg vazn toifasida iste‘dodli dzyudochimiz Shermuhammad Jandreyev finalda tojik dzyudochisi Kamronshoh Ustapiriyonga yutqazib qo‘ygan holda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shu vazn toifasidagi yana bir vakilimiz Doston Meyliyev esa bronza medaliga sazovor bo’ldi.

+90 kg vaznda kurashgan hamyurtlarimiz Bekmurod Oltiboyev va Shohruhxon Baxtiyorov esa terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etishdi.

Shuningdek, Kamol Muradov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a‘zolari Tojikiston Prezidenti kubogida bittadan oltin va kumush hamda 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.