Kecha telegram kanalimiz orqali G‘uzor tumanidagi bozorda ommaviy janjal sodir bo‘lgani, holat yuzasidan tarqalgan videoni IIB o‘rganayotgani haqida xabar bergandik.
Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi dastlabki o‘rganish ishlari natijasi bo‘yicha axborot berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, 2021 yil 2 oktyabr kuni soat taxminan 09:00larda fuqaro T.A. G‘uzor tumani «Buyuk karvon yo‘li» mahallasida joylashgan qurilish mollari savdo do‘konida savdo-sotiq bilan shug‘ullanib turgan vaqtida, shu joyda qurilish mollari sotish bilan shug‘ullanuvchi fuqaro E. Sh. bilan mijozni ustidan tortishib, janjallashib qolgan.
Shu kuni tushlikdan so‘ng soat 16:00larda fuqaro E.Sh. tog‘asi T.R.ni chaqirib, qurilish mollari bozorida T.A.ni urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada T.A. olgan tan jarohati sababli tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi TB tomonidan E.Sh. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.