Andijonda o‘zini Ispaniya bankining vakili sifatida tanishtirgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan ўтказилган tezkor tadbirda fuqaro O.K. fuqaro O.ga o‘zini go‘yoki Ispaniya davlatida faoliyat yurituvchi bankning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili sifatida tanishtirib, unga tadbirkorlik faoliyati uchun mazkur bankdan 200 000 AQSH dollari imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 6 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bundan tashqari, fuqaro O.K. muqaddam fuqarolar K. va Q.dan ham shu holatda 21 500 AQSH dollarini olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.