5 oktyabr kuni Toshkent shahrida «O‘zbekiston: besh yillik islohotlar» nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda adliya vaziri Ruslanbek Davletov hukumat ixcham bo‘lishi lozimligi haqida gapirdi.
«Buni birinchi darajali vazifa sifatida belgilab, muammo sifatida oldimizga qo‘yishimiz kerak. Hukumat ixcham bo‘lishi kerak. Biz juda katta davlat apparatini o‘zimizga… To‘g‘ri kelmaydi. Unga ketadigan xarajatlar juda ko‘p. Undan ko‘ra iqtisodni rivojlantirishga yo‘naltirishimiz kerak. Qancha davlat organi ko‘p bo‘lsa, shuncha iqtisodiyot yurib ketishi qiyin bo‘ladi. Tadbirkorning ishlashi qiyin bo‘ladi.
Davlat organi degani bu — byurokratiya degani. Bu qo‘shimcha vakolat, qo‘shimcha boshqaruv funksiyasi degani. Shuning uchun bu borada biz o‘sha botib ketgan qo‘llarimizni qaytarib olishimiz kerak! Bu byurokratiya natijasida korrupsiya, mana shu qo‘llardagi negativ faktorlarni yo‘qotishimiz kerak», — deya taʼkidladi adliya vaziri.
Oylaymizki, bu taklif yuqori hukumat vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi va Adliya vazirining gapi faqatgina ijtimoiy tarmoqlarga mavzu bo‘libgina qolmasdan, amalda ham o‘z kuchini ko‘rsatadi.