Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov yana bir jurnal qayta tiklanishini ma’lum qildi:
— «O‘zbekiston matbuoti» jurnalining bugun qayta nashr etila boshlagani juda yaxshi, lekin bizda yana bir jurnal borki, u ham 2019 yilda iqtisodiy qiyinchiliklar sabab o‘z faoliyatini tugatishga majbur bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, 103 yillik tarixga ega bo‘lgan, lekin orada to‘xtab qolgan «O‘zbekiston matbuoti» jurnali yana nashr etila boshlandi. «O‘zbekiston matbuoti» jurnali 1918 yilda «Turkiston matbaachisi» nomi bilan nashr qilingan va Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon uning asoschilaridan biri bo‘lgan. Bu nashr Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Barqaror rivojlanish markazi va «AQUA TRIO» MJCh tashabbusi bilan qayta tiklandi.
Yuzlab tanqidiy maqolalar, felyetonlar jamiyatni turli illatlardan tozalashda «Mushtum»ning asosiy quroli hisoblangan. Halol va oshkora tanqid jamiyat va odamlar uchun haqiqiy malham bo‘lishiga erishish jurnalning bosh mezonidir.
— Sizlarga xursandchilik bilan aytmoqchimanki, bugun «Mushtum» jurnalining qayta tiklanayotgan ilk sonini bosmaxonaga topshirdik. Nasib etsa, yaqin kunlarda uning ham taqdimotini o‘tkazamiz, – dedi O‘sarov o’z nutqida.