Odamlarni “kaltafahm” degan Chirchiq shahar hokimligi xodimi “uchdi

Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibining Facebook’da qoldirgan nomaqbul izohi bo‘yicha munosabat bildirildi.

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi Faxriddin Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy munozara paytida davlat xizmatchisining maqomiga xos bo‘lmagan tarzda o‘z fikrini noto‘g‘ri shaklda bildirib, muloqot madaniyatining umumqabul qilingan me’yorlarini buzganini ma’lum qildi.

“Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirish mumkin emas, degan qarorga kelgan. Chunki u o‘z xatti-harakatlari bilan davlat xizmatchisining axloqiy me’yorlari va kodeksini buzgan, shuningdek, o‘z faoliyatida muloqot madaniyati me’yorlariga rioya qilmagan”, – deyiladi xabarda.

Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi F. Qodirov esa Facebook’da qoldirgan izohida “Men o‘ylamagan edim odamlar bunchalik kaltafahm deb. Men tarqatgan xabar o‘qimishli inson uchun oddiy hol, (tupoy) yoki o‘zidan (tupoy) yasab olgan kaltafahmlar uchun buni tushunish qiyin”, deya yozib qoldirgandi.