Toshkent viloyatida atrof-muhitni muhofaza qilishga masʼul mansabdorlarning oʻzi tabiatga zarar keltirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Oʻktam Oʻtayev maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, Atrof-muhitni muhofaza qilish Bekobod shahar inspeksiyasi inspektori lavozimida ishlab kelgan H. oʻz mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilib, Bekobod tumanidagi 51 tup qayragʻoch daraxtini qonunga xilof ravishda kesib, oʻsimlik dunyosiga juda katta miqdorda zarar yetkazgan.
Shunigdek, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Bekobod davlat oʻrmon xoʻjaligi rahbari S. va boshqalar tomonidan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining ruxsatisiz «Shirinsoy» oʻrmon fondi yer maydonidagi koʻp yillik 241 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga zarar yetkazgan.
Yuqoridagi holatlar boʻyicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.