Qozogʻistonning Taraz shahri yaqinidagi oʻq-dorilar saqlanadigan omborda 10 oktyabr kuni portlash sodir boʻldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib Tengrinews.kz xabar berdi.
«2021 yil, 10 oktyabrda, soat taxminan 07:20ʼda Jambil viloyati Sarikemer qishlogʻidagi muhandislik oʻq-dorilar ombori hududida yongʻin natijasida shikastlangan portlovchi qurilma ishga tushgan.
Portlash oqibatida oʻq-dori parchalarining havoga tarqalishi kuzatilmagan. Hodisa paytida hech kim ish olib bormagan, yaqin atrofda odamlar boʻlmagan. Bino va inshootlarga hech qanday zarar yetmagan. Hududda vaziyat barqaror», — deya bayonot beradi Mudofaa vazirligi.
26 avgustda bu yerdagi portlashda 17 kishi oʻlgandi. Avvalgi portlash sabab mudofaa vaziri isteʼfoga chiqqandi