Oʻzbekistonda Prezident sayloviga ajratilgan mablagʻ haqida

Markaziy saylov komissiyasi oktyabrdagi prezident saylovi Xarajatlar smetasini — 300 mlrd soʻm etib tasdiqlagan.

Unga koʻra, siyosiy partiyalar koʻrsatgan nomzodlarning tashviqot va targʻiboti uchun 15 mlrd 486 mln soʻm, har bir nomzodga esa — 3 mlrd 97 mln soʻmdan ajratiladi.

Saylov jarayonida koronavirusga qarshi kurash uchun 11,5 mlrd soʻm sarflash rejalashtirilgan.

Saylov uchun ajratilgan mablagʻlarning aniq va manzilli sarflanishi nazorat qilib boriladi va saylov yakunida iqtisod qilingan mablagʻlar davlat byudjetiga qaytariladi.

Bu mablagʻlarni nazorati ham oʻz qoʻllarida boʻlsa, qolaversa saylov natijasi ham deyarli aniq boʻlsa, shuncha mablagʻni sarflashning nima keragi bor.

Albatta bu pullar qaysidir “kam taʼminlangan” amaldorlarning choʻntagiga egri yoʻllar bilan yoʻl topmaydi, degan umidda boʻlamiz.

Maʼlumotlarga koʻra, hozirga qadar koʻpgina OAVlarga saylovni yoritish uchun hech qanday shartnoma taklif etilmagan