Energetika vazirligi matbuot kotibi Elmira Bekmurodovaga ko‘ra, joriy yilda gaz tarmoqlarini tartibga keltirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning to‘liq amalga oshirilishi natijasida 283 mingta aholi xonadonlarining tabiiy gaz taʼminoti yaxshilanadi, hozirga qadar umumiy ishlarning 96 foizi to‘liq bajarilgan.
Xususan, kuz-qish mavsumida tabiiy gaz taʼminoti bo‘yicha yuridik isteʼmolchilarga o‘tgan yilga nisbatan 3 mlrd kub metr, yaʼni 18 milliard kub metr miqdorida tabiiy gaz yetkazib beriladi.
Biroq, ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmi qanchalik oshirilmasin, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va xonadonlarning energiya samaradorligiga eʼtibor berilmasa, ko‘rilayotgan choralar samarsini bermasligi mumkin. Buning natijasida tarmoqda uzilish holatlari yuzaga kelishi va isteʼmolchilarning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lishi mumkin.
Mazkur so‘zlardan anglashiladiki, “…har ehtimolga qarshi qish g‘amingni yig‘ib qo‘y, chunki usta-olarmonlar chiqsa, sovuqda qolasan”.
Reallikka qaraydigan bo‘lsak, qishloq ahlining katta qismini gaz va chiroq muammolari qiynaydi, bunga hech bir fakt keltirishni joiz topmadik, chunki bu shundoq ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘layotgan holatlar.