Oʻzbekistonda 5 ming giyohvand roʻyxatga olingan

Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, hozir Oʻzbekistonda giyohvand modda qabul qiluvchilar roʻyxatida 5 mingga yaqin odam bor. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh narkologi, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy -amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Zarifjon Ashurov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda «Satira«.

Maʼlum boʻlishicha, bu 5 ming giyohvandlarning 31 foizini 20 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar tashkil qiladi. Bundan tashqari, roʻyhatdagilarning 1,8 foizi yuqtirganlarning OIV bilan kasallanganlar.

«Shuni taʼkidlash joizki, rasmiy statistika juda kam qilib koʻrsatiladi, chunki giyohvand moddalarni isteʼmol qiladigan koʻpgina oʻzbeklar roʻyxatdan oʻtmagan», deya qoʻshimcha qiladi nashr oʻz xabarida.

2008 yilda respublikada 21 mingga yaqin, 2017 yilda 8 mingga yaqin giyohvandlar boʻlgan. Ekspertlarning taʼkidlashicha, soʻnggi 12 yil ichida mamlakatda roʻyxatga olingan giyohvandlarning umumiy soni «kuchli taʼsir qiluvchi» (geroin, afyun) va inʼeksion giyohvand moddalarini isteʼmol qilish ulushi doimiy ravishda kamaygan.

Shu bilan birga, soʻnggi besh yilda kannabis oʻsimligidan tayyorlangan giyohvand moddalarni, tramadol, sonnat, lirika kabi psixotrop tabletkalarni isteʼmol qilish holatlari koʻp kuzatilgan.