Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha bolalarining ovqatida go‘sht, kartoshka yo‘qligi, lekin bog‘cha mudiralaridan biri hamma go‘shtni peketga solib chiqib ketayotganida ushlanganligini haqida vedioxabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan bog‘lanib ko‘rdik. Mas’ullar, voqea Samarqand viloyati Paxtachi tumani «Hayit Elbegi» MFYda joylashgan 28-MTTda sodir bo‘lgan.
Ushbu ishda maktabgacha ta’lim muassasasining bosh oshpazi O‘g‘iloy Abduraimovaning, xo‘jalik mudirasi Maftuna Eshimovaning qo‘li borligi aniqlangani haqida bizga ma’lum qilishdi. Eng qizig‘i esa, ular bu ishni 28-MTT rahbari Shaxnoz Umarovaning buyrug‘uga asosan qilishgani yuzasidan ko‘rsatma bergan. Rahbarning o‘zi tomonidan bu kabi bolalarning haqlari urib qolinishi va ovqatga hech qanday go‘sht solinmasdan olib chiqib ketilishi bu ayanchli holat.
Nega endi MTTlarga rahbar tayinlashda ularning moliyaviy holati chuqur o‘rganilmaydi? Qizig‘i bu kabi mansab o‘rinlari doim talash bo‘lib kelgan. Kimdir mansabga o‘tirishi bilan orqasidan boshqa bir komanda o‘z nomzodini mansabni egallab olishi uchun astoydil harakat qilish holatlari uchrab turadi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi mutasaddilari O‘zbekistondagi bog‘chalarda 9 oyda 6,6 mlrd so‘mlik ish haqi va tovarlar o‘zlashtirib yuborilgani haqida ma’lumot berishgan edi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6,6 milliard so‘mlik ish haqi va tovarlar noqonuniy o‘zlashtirilgan. Bundan ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqlari 2,4 milliard so‘mni tashkil qiladi. Bu statistika va aniqlangan holatlar. Lekin bir tomoni borki, o‘rganilmasdan, kuzatuvdan chetda qolib ketgan manzillar soni ham oz emas.
Maktabgacha ta’lim va’zirligi esa faqat holat internetda tarqalishi bilan o‘rganishga kirishayotgani achinarli holat.O‘rganish natijalarida har doim ham oshkoralik ruhi sezilmaydi. Matbuot kotiblar doim holatni silliqlash bilan ovvora. Vazirgacha ko‘tarilishi kerak bo‘lgan muammolarda esa yo‘l yarmida to‘siqqa duch kelinadi. Goʻyoki bizga gap tegadi qabilida murojaatchini vazirga yaqin yo‘latishmaydi. Sog‘lom, jismonan va ma’nan barkamol farzandlar kelajakda yurtimiz rivoji uchun xizmat qilishiga shubha qilmaymiz. Biroq Paxtachidagi voqeaga o‘xshab hattoki ovqatida go‘sht tugul kartoshka ham bo‘lmagan holatda bolalar qanday qilib sog‘lom bo‘lsin?!
Ehtimol, bu holatlar kuzatilmaganda ko‘pchilik ota-onalar MTTlardan norozi bo‘lishmas edi. Har kuni o‘g‘irlik, firibgarlik sodir bo‘lib turadigan joyda qanday qilib bola yaxshi tarbiya, yaxshi bilim olsin, axir?! Zero, «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan naql ham bejiz emas!
Achinarli jihati, bu holatni chetdan emas, ichkarini o‘zidan mas’ullar qilayotganidir. Nega ishga olish jarayonida xodimlar tekshiruvdan o‘tkazilmaydi? Yoki biz bilgan «tanish-bilishchilik» bu yerda asqotyapdimikin?
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bunday holatlar deyarli har kun, har nuqtada uchrab turishi, shubhasiz. Maktabgacha ta’lim vazirligi esa qachon holat oshkor bo‘lsagina hisobot tariqasida xabar berish bilan band. Xo‘sh, bunday holatlarning oxiri bormi, hurmatli mutasaddilar!?
Laylo Esanmurodova