Oʻzbekiston davlat satira teatriga direktor tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Fotih Xamitovich Jalolov Oʻzbekiston davlat satira teatri direktori etib tayinlandi.

Oʻz mehnat faoliyatini 1986 yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti “Qoʻgʻirchoq aktyori mahorati” kafedrasida oʻqituvchilikdan boshlagan Fotih Jalolov bugunga qadar Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan.