Oʻzbekistonda bir necha yildan soʻng ilk marta Toshkent xalqaro kinofestivali oʻtkazildi. «PEOPLE» ushbu festivalning asosiy muvaffaqiyatsizliklari haqida maqola tayyorladi.
Ushbu tadbir Oʻzbekistonda birinchi marta oʻtkazildi: koʻplab chet ellik mehmonlar, tadbirlar oʻtkazish uchun turli joylar, beshta kinoteatrni rekonstruksiya qilish va ochish, millionlab dollarlik yangi uskunalar va boshqalar. Ammo, aytilganidek, tanganing ikkinchi tomoni ham boʻladi. Afsuski, ushbu marosim bilan ham xuddi shunday holat sodir boʻldi. Gap ushbu tadbirning tashkiliy masalalari bilan bogʻliq.
Tadbirlarning keng koʻlamli ekanini koʻplab mehmonlar belgilaydi va bu oʻz navbatida, murakkab jarayonni keltirib chiqarishi bois tashkilotchilarga qiyin vazifalar ishonib topshiriladi.
Kventin Tarantinoning «Jinoiy choʻpchak» filmida Uinston Vulf ismli qahramon bor. Filmda oʻrniga hech kimni qoʻyib boʻlmaydigan shaxs ekani va qisqa vaqt ichida har bir qadamini oʻylab, keyin tashkillashtirishi koʻrsatiladi. Har qanday tadbir muvaffaqiyatining kaliti ham — bu rejalashtirilgan va aniq tashkilotchilik harakati hisoblanadi, ammo afsuski, Xalqaro kinofestivalning ochilish marosimida bu boʻlmadi.
Qizil yoʻlakcha.
Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi «Kino saroy»da boʻlib oʻtdi. U 19:00 da boshlanishi kerak edi, lekin jurnalistlar 18:00 da oʻsha yerda boʻlishi aytilgan. Katta masshtabli tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi, kinofesteval tashkilotchilari ham aynan shunday qildi. Birinchi muvaffaqiyatsizlik bu tashkilotchilar mavjud boʻlmagan yangicha beydjik oʻylab topgani va ayrim jurnalistlar oddiy beydjik bilan kiritilmagani boʻldi, lekin keyinchalik shovqin koʻtarilgani, norozilik sabab bu bekor qilindi.
Keyinchalik mehmonlarning katta qismi tashrif buyura boshladi, qoʻriqchilar esa kimni kiritish keraku, kimni yoʻq bilolmay qoldi. Oqibatda oddiy mehmonlar ham, oʻzbek kinoindustriyasi yulduzlari ham yarim soatdan ortiq navbat kutishiga toʻgʻri keldi, qizil gilam ustida esa shou allaqachon boshlangan edi. Shunga oʻxshash keng koʻlamli tadbirlarda mehmonlar uchrashuvi paytida yoki yulduzlarning kirib kelishi vaqtida turli spektakllar koʻrsatiladi.
Shundan soʻng, qizil yoʻlakchadagi boshlovchilar xorijlik yulduzlar, delegatsiya aʼzolarini eʼlon qila boshladi, bu vaqtda tashkilotchilar mehmonlar oqimini nazorat qilolmay qoldi. Mashinalar ketma ket kela boshladi, yulduzlar esa gilam boshida bir-birini kutib turishga toʻgʻri keldi. Boshlovchilar esa chet ellik yulduzlar ismlarini umuman chalkashtirib yubordi, xorijliklar qizil gilamdan emas, unga paralel boʻlgan yoʻldan yurdi, shu sababli kimgadir eʼtibor berildi, kimdir esa shunchaki jimgina oʻtib ketdi.
Avvaliga OAV uchun belgilangan gilamda faqat kamerachilar bor edi. Fotograflarga suratga olish, jurnalistlarga esa intervyu olish taqiqlangandi. Lekin, press-vollar odatda shu maqsdadda tashkil qilinadi.
Jurnalistlar tashkilotchilar qizil yoʻlakcha mohiyatini tushintirgandan keyingina qoʻya boshlandi. Biroq qizil gilamda boʻlish va yulduzlar bilan muloqotda boʻlish imkoniyati jurnalistlarga berilmadi, chunki tashkilotchilar butun jarayonni tezlashtirishga harakat qilgan.
Marosim.
Qizil yoʻlakchadan soʻng mehmonlar ularni ashaddiy muxlislari kutib turgan «Kino saroyi» kinoteatriga bordi. Zal butunlay tartibsiz edi, tashkilotchilar yulduzlar, xorijiy delegatsiya va matbuot uchun joy ajratmagan edi. Ishtirokchilar qayerda oʻtirishi aniq belgilanmagan, shuning uchun mehmonlar oʻz joyini qidirish uchun zalni aylanib chiqishiga toʻgʻri keldi. Filipp Kirkorov va Stiven Sigal zalning oʻrtasida, koʻplab muxlislar qurshovida oʻtirdi. Soqchilarning hech biri bu vaziyatni hal qilishga urinmadi.
Bunday tadbirlani oʻtkazishda xorijiy tajriba shuni koʻrsatadiki, avvalo, barcha mashhurlar va muhim mehmonlar oʻz joyiga kuzatib qoʻyiladi, ular toʻliq joylashgandan soʻng, iloji boʻlsa, meva va ichimlik bilan mehmon qilinadi. Shuningdek, zalda chiptaga koʻra mehmonlarga toʻgʻri qator va joyni topishga yordam beradigan insonlar boʻlishi kerak.
Yana bir diqqatga sazavor narsa shundaki, oʻsha kuni zalning ventilyatsiya tizimi ishlamay qolganga oʻxshaydi, chunki u yerda yoqimsiz hid bor edi. Hojatxonalardagi gigiyena vositalari, masalan, sovun, roʻmolcha va tualet qogʻozi boʻlmagani bilan bogʻliq vaziyatni eʼtiborsiz qoldirib boʻlmaydi.
Oʻzbekistonda koronavirus cheklovlari hali ham amalda ekanini unutmasligimiz kerak. Tadbirda 2000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi va ularning aksariyati niqobsiz edi. Eng achinarlisi shundaki, niqoblarni hech qayerdan olishning iloji yoʻq edi. Kirish joyida haroratni oʻlchaydigan va antiseptik beradigan insonlar boʻlmagan.