Kriptovalyuta yohud vertual pullar haqida nima bilasiz?


Kriptovalyuta oʻzi nima va bu atama qanday paydo boʻlgan?

Kriptovalyuta — kriptografik texnologiyalar bilan himoyalangan raqamli valyuta. Ushbu pul birligi faqat virtual makonda mavjud. Elektron registrlar foydalanuvchida qancha kriptovalyuta borligi va uni qayerga oʻtkazayotgani haqidagi maʼlumotlarni saqlaydi. Kriptovalyutalar maxsus elektron hamyonlarda saqlanadi.

Bitсoin 2009 yil 3 yanvarda oʻzini Satoshi Nakamoto deb nomlagan bir yoki bir necha shaxslar tomonidan yaratilgan, biroq uning ishlash tizimi va oʻziga xos jihatlari haqidagi dastlabki maqola Satoshi Nakamoto muallifligida «Bitсoin – elektron toʻlovlarga teng raqamli tizim» («Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System») sarlavhasi bilan 2008 yil 31 oktyabrda chop etilgan. Satoshi Nakamoto ismi ortida turgan kishi yoki bir guruh insonlarning kim ekanligini aniqlash uchun olib borilgan barcha harakatlar zoye ketgani bois, bugungi kunga kelib shu buyuk bitсoinning haqiqiy yaratuvchisi kim ekani nomaʼlum hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib jami kriptovalyutalar soni 4509 tani tashkil qiladi va ularning umumiy bozor qiymati 1 trln 633 mlrd 366 mln 781 ming dollar boʻlib, bir kunlik pul aylanmasi oʻrtacha 153 mlrd 166 mln dollarga teng.

Kriptovalyutalar bozorida eng koʻp, yaʼni 85 foiz foydalanuvchi Bitсoinga ishonadi.
2021-yil fevral holati boʻyicha 1 ВTC 57500 dollardan oshdi va faol ravishda koʻtarilmoqda. 23 oktyabr holatiga koʻra bir Biсkoin 60871,3 dollarni tashkil etmoqda. Bitсoinning jami kapitalizatsiya 982,93 mlrd dollar boʻlib, uning kunlik pul aylanmasi 54,38 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Kriptovalyutani qanday sotish yoki sotib olish mumkin?

Kriptovalyutada ayirboshlash elektron pochta orqali xat almashinish singari juda oson. Bu yerda vositachining yoʻqligi va komission toʻlovlar minimal darajada yekani tufayli operatsiyalarni qayta ishlashga bankdagiga qaraganda kam vaqt talab etiladi.

Internetning paydo boʻlishi bilan butun dunyo boʻylab raqamli valyutani yaratishga vaqti -vaqti bilan urinishlar boʻlgan. Biroq, hech kim bu loyihalarga ishonmagan va ular mashhurlikka erishmadi. Ularni soxtalashtirish juda oson edi.

Birinchi kriptovalyuta bitсoin bu muammoni blokchein yordamida hal qila oldi. Blokchein — bir-biri bilan internet orqali bogʻlangan koʻplab kompyuterlarda bir vaqtning oʻzida saqlanuvchi maʼlumotlar bazasi.

Ushbu tizim kriptovalyuta bilan sodir boʻlayotgan voqealarning barcha yozuvlarini oʻz ichiga olgan katta kitob bilan taqqoslandi. Va har bir bitkoin egasida bu kitobning mustaqil, ammo boshqalarga oʻxshash nusxasi bor.

Barcha kitoblardagi yozuvlar toʻgʻri va bir xil. Na banklar, na hukumat, na kriptovalyuta yaratuvchisi bu yozuvlarni soxtalashtirishi mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, blokcheynda yagona kontroller yoʻq, tizim koʻplab ishtirokchilar tomonidan boshqariladi. Matematik hisob-kitoblarga asoslangan tizim raqamli valyutani qalbakilashtirish yoki xakerlikdan himoya qiladi.

Blokcheinning afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror maʼlumotni blokchein orqali joʻnatgan boʻlsangiz, bunday joʻnatma haqida maʼlumotni oʻzgartirish yoki qalbakilashtirishning imkoni yoʻq. Chunki u butun dunyo boʻyicha yuz minglab kompyuterlar tomonidan tasdiqlanadi.

Toʻlov qilishni xohlagan foydalanuvchi internet yordamida toʻlov qoʻllanmasi ishlab chiqadi va tarmoqqa qoʻyadi. Shundan keyin kriptografiya texnologiyasi yordamida ushbu oʻtkazma yaroqli ekanligi aniqlanadi (yaʼni toʻlovchida shu valyuta borligi). Bu tizim anʼanaviy bank depozitlaridan oʻzgacha ishlaydi. Anʼanaviy banklar har bir oʻtkazmani raqamli yozuvini oʻzida saqlaydi va bu qaydlarning haqiqiyligi va saqlanishini kafolatlaydi va bunga bank masʼul hisoblanadi.

Blokchein qayta yuklangach, oʻtkazma tasdiqlanadi va ortga qaytmaydi (yaʼni jarayon uzil-kesil amalga oshgan) deb hisoblanadi. Mazkur jarayon kriptovalyuta turiga qarab, oʻrtacha 10 soniyadan 10 daqiqagacha vaqt olishi mumkin.

Albatta, qogʻoz banknotalar hali ham mavjud va bozorda yana ishlatilaveradi. Ammo endi munosib raqobatchi bor. Xorijdagi koʻplab yirik ishbilarmonlar kriptovalyutaning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlamoqda. Masalan, Tesla bosh direktori Ilon Mask Bitcoin (BTC) tuzilmasini «sof olmos» deb taʼriflab, raqamli valyuta «qogʻoz pulga qaraganda qiymatni uzatishning eng yaxshi usuli» ekanligini takidlagan.

Hozirgi vaqtda eng koʻp Bitcoinga ega boʻlgan yagona shaxs yoki tashkilot — bitcoin protokoli yaratuvchisi Satoshi Nakamoto, u hisob -kitoblarga koʻra, kamida 1,1 million BTC yoki jami Bitcoinlarning 6% dan koʻprogʻiga, deyarli oʻn milliard dollarlik boylikka ega.

Bitcoinlarga turli oʻlkalarda turlicha munosabatda boʻlishadi. Ayrimlarida — masalan, Norvegiya bilan Xorvatiyada — ularni aktivlar qatori baholashadi, biroq valyuta sifatida emas. Boshqa oʻlkalarda, masalan AQShda bitkoynni virtual valyuta deb bilishadi.

Baʼzi bir davlatlarning hukumatlari bitkoynlarga umuman salbiy munosabatda. Xitoyda banktlarning kriptovalyutaga aloqador har qanday operatsiyani amalga oshirishi taʼqiqlangan, Qirgʻizistonda esa bu valyutaga butunlay taʼqiq qoʻyish tashabbuslari koʻtarilgan.

Oʻzbekistonda barcha kripto-aktivlarning faoliyati litsenziya asosida boʻlishi va 2020-yilning boshida ochilgan kripto-birjada amalga oshirilishi lozim. Birja ishtirokchilari faqatgina oldin qoʻlga kiritilgan kripto-aktivlarni chel yel foydalanuvchilariga sotishi mumkin. Kripto-birjani chetlab oʻtib, savdo-sotiq qilish jinoyat deb hisoblanadi.

Tariflar mavjud, legallashtirish — yoʻq. Sotib olish taʼqiqlangani sababli, kriptovalyutalarni faqatgina «mayning» orqali qoʻlga kiritish mumkin. 2020-yil bahorida, maynerlar uchun oshirilgan taʼriflarda elektr energiyasi soligʻi joriy qilindi.

Ammo, mayning bilan shugʻullanadigan isteʼmolchilarni aniqlash va oshirilgan tariflarni qoʻllash tartibi ishlab chiqilmagan.

Dilbar Rajabova