YEXHT va PA missiyasi saylovlarga haqiqiy raqobat muhiti yetishmadi deya bayonot berdi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huhuqlari boʻyicha byurosi (YEXHT DIIHB), YEXHT Parlament Assambleyasi (YEXHT PA) va Yevropa Parlamenti kuzatuvchilarning qoʻshma missiyasi Oʻzbekiston prezidentligiga saylovlarni kuzatish davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi bayonot berdi.

«Yaqinda oʻtkazilgan samarali islohotlarga qaramay, bugun Oʻzbekistonda haqiqiy plyuralizm va prezidentlikka nomzodlar yoki fuqarolar oʻrtasida ahamiyatga molik oʻzaro uygʻunlik sezilmagan saylovlarga haqiqiy raqobat muhiti yetishmadi. Qolaversa, saylov kuni baʼzi protsessual qoidabuzarliklarga ham yoʻl qoʻyildi. Saylov qonunchiligida hali qator kamchiliklar mavjudligi va u hamon demokratik saylovlarning xalqaro standartlariga toʻliq javob bermasligini taʼkidlab oʻtganlar. Mamlakat Konstitutsiyasida insonning asosiy huquq va erkinliklari kafolatlanganiga qaramay, ular boshqa qonunchilik hujjatlari bilan cheklangan va amaliyotda ulardan yetarlicha qoʻllanilayotgani yoʻq», deyiladi bayonotda.

Xalqar kuzatuvchilar fikriga koʻra, amaldagi prezident va uning hozirgi nomzod sifatidagi rollari, umuman olganda, chalkashtirib yuborilgan va bu unga asossiz darajada ustunlik bergan. Bundan tashqari, aksariyat xususiy OAV amaldagi prezidentning faoliyatini boshqa toʻrt nomzod haqidagi xabar va lavhalarni qoʻshib hisoblagandan ham koʻproq darajada yoritib yuborishdi. Qolaversa, monitoring qilingan OAV ham hozirgi prezident olib borayotgan ishlarga ancha keng urgʻu berib yuborishgan. OAV uchun qonunchilik bazasining cheklanganligi, shuningdek, jurnalistlar va blogerlarni vaqtincha hibsda saqlash, qoʻrqitish va tazyiq oʻtkazish holatlari koʻplab jurnalistlarning oʻzini oʻzi senzuralashga olib keldi hamda keng jamoatchilikka ochiq boʻlgan maʼlumotlar va qilinadigan tahlil hajmini yanada kamaytirgan.

Yevropa Parlamenti delegatsiyasi rahbari Xaydi Xautala, muxolifat partiyaning yoʻqligi va haqiqiy raqobatning sezilmaganligi hamda saylov kuni koʻzga tashlangan qator qoidabuzarliklar demokratiya jarayoni yoʻlidagi jiddiy toʻsiq sifatida baholanishi mumkinligini taʼkidladi

«Koʻplab saylov uchastkalarida saylov kunidagi ovoz berish jarayoninini ijobiy baholab boʻlmaydi. Saylovda saylovchilarning ishtiroki salmogʻi 80 foizdan yuqori boʻldi, ammo unda koʻplab jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilgan. Xususan, koʻp sonli saylovchilar tegishli tartiblar qoʻllanilmagan tarzda saylovchilar roʻyxatiga qoʻshilgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz oʻz saylov byulletenlarini topshirishi yoki boshqalar nomidan ovoz berish holatlariga yoʻl qoʻyilgan. Shuningdek, bir qancha saylov uchastkalarida saylov qutilariga bir kishi tomonidan bir nechta byulletenlar tashlangan vaziyatlar ham qayd etilgan. Koʻp hollarda ovozlarni sanash tartib-qoidalariga rioya qilinmadi, saylov uchastkalarida esa, natijalarni qayd qilishda nomuvofiqliklar sababli, baʼzi qiyinchiliklarga duch kelindi. Konstitutsiyada erkak va ayollarning tengligi kafolatlanganiga hamda parlamentdagi deputat xotin-qizlar soni yaqinda sezilarli darajada oshganligiga qaramay, ayollar mamlakatning jamoat va siyosiy hayotida yetarlicha ishtirok eta olganicha yoʻq. Noszodlar orasida esa bittagina ayol nomzod bor edi», — deya qayd etishdi kuzatuvchilar.

Shuningdek, kuzatuvchilar saylanish huquqini qoʻlga kiritishdagi haddan ortiq qatʼiy tartiblari va partiyalarni roʻyxatdan oʻtkazishdagi murakkab talablar saylanish huquqini jiddiy ravishda cheklabgina qolmay, saylovchilar uchun siyosiy tanlovlarning ham kamayishiga sabab boʻlishi haqida ham gapirib oʻtgan.