Bugun «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashida brifing boʻlib oʻtdi, deya xabar qildi partiya axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, brifingda Alisher Qodirov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston prezidenti saylovi nihoyasiga yetganini qayd etdi.
Partiya raisi ushbu saylov natijalarini esa keyingi yillarda mamlakatni yangilash, hayotning barcha sohalarini yanada demokratlashtirishga qaratilgan siyosat inʼikosi boʻlganini taʼkidladi.
«Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni oʻzi va partiya nomidan samimiy tabriklab, barchaning umumiy maqsadi boʻlgan ona Vatanning taraqqiyoti va xalqning farovonligi yoʻlida qoʻlni-qoʻlga berib, birgalikda faoliyat koʻrsatish lozimligini taʼkidladi», — deyiladi xabarda.