Nega saylovdagi ovozlar soni hamon ochiqlanmadi?

MSK tomonidan keltirilgan statistikada faqatgina prezidentlikka nomzodlar toʻplagan ovozlar foizlarda koʻrsatildi xolos.

Biroq hozirgacha qaysi hududlarda yuqori koʻrsatgich va qaysi hududlar saylovda ishtiroki oʻta sust boʻlgani haqida ochiq maʼlumot taqdim etilmadi. Qolaversa har bir saylov uchastkasidagi ovozlar soni birma-bir sanalganini hisobga oladigan boʻlsak bu jarayon aslida uzoq muddatni talab etmaydi.

MSK tomonidan ushbu maʼlumotlar yaqin orada maʼlum qilinsa nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi.

Saylov kodeksining 97-moddasiga koʻra:

«Saylov natijalarini eʼlon qilish (hammaga maʼlum qilish)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlariga koʻra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin oʻn kundan kechiktirmay qabul qilinadi, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda eʼlon qilinadi (hammaga maʼlum qilinadi)»