Avvalroq, Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassnikiʼning Oʻzbekistondagi faoliyati «Oʻzkomnazorat» tomonidan cheklangani haqida xabar qilgan edik.
Hukumatning ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini cheklash toʻgʻrisidagi qarori barcha huquqiy va texnik meʼyorlarga rioya qilgan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan. Bizdagi maʼlumotlarga koʻra, bu haqda Prezident Administratsiyasiga xabar berilmagan. Barcha platformalarning faoliyati tez orada tiklanishi kutilmoqda.
«Hukumat koʻrsatmasiga asosan «Oʻzkomnazorat» tomonidan bir yoqlama, uzoqni oʻylamay qilgan harakati haqida Prezident xabar topdilar. Uylaymanki, tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi», deb xabar qildi Sherzod Asadov.