Ijtimoiy tarmoq oʻchdi, «Oʻzkomnazorat» rahbari uchdi

Telegram, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sababsiz bloklanishi ortidan «Oʻzkomnazorat» rahbari ishdan olindi.

Oʻzbekiston Bosh vazirining qaroriga asosan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi Gʻolibsher Ziyayev notoʻgʻri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi.

Ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib boriladi.