Ijtimoiy tarmoqlarning 2 soatga ishlamay qolishi Oʻzbekistonga qanchaga tushdi?

Maʼlumotlarga koʻra, kecha (3 noyabr) kechgi vaqtda Oʻzbekiston hududida «Telegram», «Facebook», «Instagram», «Youtube» va boshqa ijtimoiy tarmoqlarini 2 soatga bloklanishi, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 197 937 dollar miqdorida zarar yetkazgan.

Kuni kecha Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassnikiʼning Oʻzbekistondagi faoliyati «Oʻzkomnazorat» tomonidan cheklab qoʻyildi.

Keyinchalik bu harakat uchun «Oʻzkomnazorat» rahbari oʻz lavozimidan boʻshatildi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu hojisaga aloqador barcha rahbarlar tegishli jazoga tortiladi.