Ayni vaqtlarda respublikamizning katta qismida chang boʻroni kuzatilmoqda. Bu kabi holat bahor va yoz oylarida ham kuzatilgan edi.
Toshkent shahri qurgʻoqchil hudud deb hisoblanmaydi, lekin soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda va Toshkent shahrida jadal surʼatlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda.
Respublika boʻylab avj olgan katta daraxtlarni kesish mana shu kabi oqibatlarga olib keldi. Soʻngggi yillarda ayniqsa bu kabi voqealar tez-tez sodir boʻlmoqda.