Toshkent viloyati hokimining Farmoyishiga koʻra, Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish ishlari uchun 28,4 milliard (yigirma sakkiz milliard toʻrt yuz million) soʻm ajratildi. Bu xabar kuni kecha hamma joyda juda tezlik bilan tarqaldi.
Mayli, biz bu muammoni yoki hokimlik pulni qaysi hisobdan toʻlashini muhokama qilmoqchi emasmiz. Biz boshqa tomondan fikr yuritmoqchimiz. Viloyat hokimiga shunchalik katta pulga qurilish qilish uchun imzo chekishga jasorat bor ekanmi demak uning puldan koʻngli toʻq.
Boshqa viloyat hokimliklarida ham xuddi shunday jasorat bormi?
Keling birgina qashqadaryo viloyati hokimligi misolida koʻrib chiqamiz.
Kitob tumani Toʻpchoq qishlogʻi hududidagi QVP buzib tashlanganiga uch yil boʻldi. Uning oʻrniga qurilgan bino esa yarim tayyor holatdagina qolib ketdi. Mana shu holatda mana uch yildan beri oʻz taʼmirini kutib turibdi. Aholi esa bu orada tibbiy yordamdan kamchilik sezmoqda. Tuman hokimi bir necha bor kelib koʻrdi, biroq oxirgi safar kelganida byudjetda pul yoʻq, kelasi yil bitirib beramiz, degan gaplar bilan qaytib ketdi.
Bu orada esa QVP qurilishi kerak boʻlgan hududdan uncha uzoq boʻlmagan joyda zamonaviy Maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi deyarli tugab ham qoldi. Xoʻsh bitta tumanda qad koʻtarayotgan ikki binoning byudjeti boshqa boshqami?
Ikkinchi holat.
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani xalq taʼlimi idorasi bugungi kunda taʼmirtalab holatda. Ayrim joylari nurab qulash holatiga kelgan.
Tahririyatimiz jurnalistlari mazkur holatni oʻrganish maqsadida Dehqonobod tumani XTB mudiri Dilmurod Yusupov bilan bogʻlangandi. Dilmurod Yusupovning bizga maʼlum qilishicha, bino taxminan 1970 yillar atrofida qurilgan (aniq maʼlumotni bilmas ekanlar) va hozirgacha foydalanib kelinmoqda.
Yaqinda viloyat hokimiyatiga shu boʻyicha xat bilan chiqishgan, ular «…roʻyxatga oldik, 2022 ga aniq qurib beramiz» bilan qutulishgan, qurilish-qurilmasligi, qancha mablagʻ ajratilgani esa mavhumligicha turibdi. https://ogoh.uz/23284/
Nahotki mana shu kabi dolzarb muammolarni yechimi uchun pul opilmaydi?
Prezident boshqa bir narsalar haqila soʻzlaganida byudjetini oʻylamaydigan hokim nega aholi salomatligi uchun qaygʻurmaydi. Shahrisabzda oʻtkazilgan yoshlar festivaliga 1 mlrd 517 mln 800 ming soʻm miqdorida pul ajratilgan. Axir mana shu pullarni koʻngil xushlikka esa, balki aholi uchun foydali narsalarga sarflash mumkin emasmidi.
Hokimliklar har doimgidek «tepa»ga mana sizning soʻzingiz amalda, biz siz aytgan narsalarni bajjaryapmiz deyish bilan ovvora. Nahotki mana shu bitmagan binolarni ham prezident kelib koʻrganidan soʻng bitkazishsa?
Ahir ularning byudjeti koʻtarmasa, nimaga prezidentdan yordam soʻrab chiqishmaydi? Ahir shu ikki bino uchun bitta festivalga ajratilganchalik katta mablagʻ kerak emas.
Biz bu oʻrinda viloyat hokimidan javob kutib qolgan boʻlardik.