2021 yil 6 noyabr kuni AT Xalq banki Nurota tuman filiali boshqaruvchisi Pirmatov Temurmalik (1992 yil), bosh hisobchisi Saidov Muzaffar (1981 yil), Monitoring boʻlimi boshligʻi Ravshanov Yunusjon (1989 yil) mudhish avtohalokat oqibatida vafot etgan.
Maʼlum qilinishicha, ulardan tashqari boshqa mashinadagi 5 kishi ham yonib ketib, voqea joyida halok boʻlgan. YTHda jami 8 kishi qurbon boʻlgan.
«2021 yil 6 noyabr shanba – dam olish kuni boʻlsa, bank xodimlarini qaysi yumush birlashtirdi ekan. Ular Navoiy shahridan 60 km uzoqlikdagi Nurota filialining mansabdor shaxslari hisoblanadi. Ularning nega katta tezlikda shoshilib ketayotgani sabablari oʻrganilishi kerak deb hisoblaymiz», deyiladi «Bankir kundaligi» xabarida.