Qobul Tursunov lavozimidan ketish sababi aytib oʻtildi

Navoiy viloyati sobiq hokimi nima sababdan lavozimidan chetlatilgani haqida rasmiy maʼlumot taqdim etildi.

Qobul Tursunov Navoiy viloyati rahbarligida 2016 yilning dekabridan buyon ishlab kelayotgandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, sobiq hokimning sogʻligi davolanish talab etilgani sababli, u oʻz arizasiga muvofiq vazifasidan ozod etilgan.

Avvalroq Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik.