Byudjetdan 215 mln soʻmga viloyat hokimligining ikkinchi binosini, 360 mln soʻmga partiya binosini taʼmirlash uchun pul ajratildi
8 noyabr kuni «Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi binosini kapital taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlarga mablagʻ ajratish toʻgʻrisida» Qashqadaryo viloyati hokimining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Qarshi shahar hokimligi balansidagi sobiq harbiy gospital binosini Oʻzbekiston ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashiga moslab kapital taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlar uchun viloyat hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring» kompaniyasiga 360 mln soʻm ajratadi.Bu mablagʻlar viloyat mahalliy byudjetining 2021 yil III-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, 8 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimining yana bir qarori qabul qilingan.
«Viloyat hokimligi ikkinchi maʼmuriy binosi fasadini kapital tamirlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlarga mablagʻ ajratish toʻgʻrisida»gi qaror bilan «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring» kompaniyasiga 215
Avvalroq, Yakkabogʻ tumani va Shahrisabz tumani hududiga kirish va
chiqish chegara hududiga Yakkabogʻ tumani nomini yozdirish va oʻrnatish xarajatlariga
25 million soʻm ajratilgandi.
Jamoatchilik va blogerlarda esa bu oddiy «stella» ustunga buncha qimmat mablagʻ ketmasligini aytib norozilik bildirishgandi.
Shuningdek, viloyat hokimi qarori bilan tuman mahalliy byudjetining 2021 yil 3-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati hamda deputatlari uchun planshetlar olib berish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 91 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.
Biroq viloyat miqyosida elektr va gaz uzilishlari, aholi uchun muhim infratulizma yaratishga kelganda byudjetda pul tugagan boʻladi.
Shu yoʻl bilan pullarni talon taroj qilinmayotganiga kim kafolat beradi?
Jumladan 17 mlrd soʻmga rekonstruksiya qilingan teatr binosining tomitaʼmirlanmay qolgani sababli yana 1 mlrd 500 mln soʻm ajratilgan.