Qoʻshnisini pichoqlab oʻldirgan erkakka ogʻir jazo tayinlandi

Buxoro viloyatida mast erkak qoʻshnisini pichoqlab oʻldirib qoʻydi . Bu haqda «Millar» informatsion dasturida xabar qilindi.

Buxoro viloyati «Dehcha» MFY bir kun avval yoʻl-transport hodisasiga uchragan erkak kechasi spirtli ichimliklar taʼsirida qoʻshnisining uyiga chiqadi. Erkak u yerda qoʻshnisini haqorat qilib, janjal koʻtaradi.

Shu vaqt uy egasining oʻgʻli mast qoʻshnisi uydan chiqarib yuborishga harakat qiladi. Qarshilikka uchragan mast erkak xonadon egasining oʻgʻliga pichoq bilan jarohat yetkazadi. Buni koʻrgan ota oʻgʻlining yoniga yugurib keladi. Mast erkak yaqiniga kelgan uy egasining boʻyniga va chap koʻkrak qafasiga pichoq tortib yuboradi.

Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordamiga qaramasdan jabrlanuvchi vafot etadi.

Ayblanuvchi IIO xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, tezkor-tergov va surishtiruv harakatlari olib borildi. Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan ayb eʼlon qilinib, 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.