O’z xizmat vazifasiga mas’uliyatsiz yondashgan xodimlarning xatosi jamoatchilik e’tizoriga sabab bo’lmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bunisi endi oshib tushdi, to’g’ri jarimani Qirg’iziston adresiga yubormabsilada» sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Unga ko’ra, 2021 yil 31 avgust kuni soat 22:58 da Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli davlat raqami «01 KG 737 AHA» bo‘lgan avtomobil Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 163-166 kilometrlari oralig‘ida 70 km/s tezlik chegaralangan joyda 86 km/s tezlikda harakatlanganligi foto-video moslamasi orqali aniqlangan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB inspektori F.Ikramov tomonidan huquqbuzarlik yuzasidan O‘zbekiston Respulikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128(3)-moddasi 1-qismi bilan jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuqorida ko‘rsatilgan avtomobilga emas, balki MCHJga tegishli «Trailblazer» rusumli 01 737 AHA davlat raqam belgili atvomobilga qabul qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.