Poʻlat Bobojonovga murojaat bilan chiqqan xodimga tuxmat uyushtirishdi

Ikki kun avval Namangan shahri IIB tizimidagi muammolar xususida video murojaat elon qilgan edik.

Murojaatda asosiy eʼtibor tizimdagi noqonuniy yuklamalar haqida boʻlsa-da, murojaatga munosabat bildirgan viloyat IIB negadir bu toʻgʻrisida indamagan. Aksincha, muammo bilan emas muammoni olib chiqqan bilan «shugʻullanish»ni boshlabdi.

Xususan, muammo, muammodagi holatlar bir chetda qolib murojaatchi katta leytenant Otabayevga nisbatan yolgʻon maʼlumotlar bilan sohta ayblov qoʻyish boshlandi.

Jumaladan, viloyat IIB axborot xizmati bergan rasmiy munosabatda goʻyoki katta leytenant Otabayev fuqaro Matluba Yunusovadan firibgarlik yoʻli bilan katta miqdorda pullarni oʻzlashtirib olgan. Shu ish yuzasidan viloyat IIBga ishni prokuraturaga huquqiy baho berish uchun yuborgan.

Aslida esa Matluba Yunusova hech qanday ariza bilan IIB ga murojaat qilmagan. Aksincha Sardor Otabayevga nisbatan hech qanday daʼvosi yoʻqligi haqida Namangan shahar IIO FMB boshligʻiga ariza yozib bergan

Shahar IIB ning bunday tuxmat qilishiga nima sabab? Nega haligacha bu vaziyatga vazirlik munosabat bildirmadi? Nega video murojaatda tilga olingan asosiy muammo — noqonuniy yuklamalar boʻyicha xizmat tekshiruv oʻtkazish oʻrniga muammoni olib chiqqan xodimni jinoyatchiga chiqarishga harakat qilishmoqda?

Yoki murojaatda sanab oʻtilgan holatlar yuqoridan — vazirlikdan keladimi?
Umuman olganda, bu savollarga javob beradigan kimdir bormi?

Olimjon Haydarov