Sherzod Shermatov AKT vaziri etib tayinlandi, XTVga boshqa nomzod maʼqullandi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga shu kungacha Xalq taʼlimi vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Shermatov Sherzod Xotamovich nomzodi maʼqullandi.


Sherzod Shermatov 2017 yilda Xurshid Mirzoxidov MTRK raisi lavozimiga tayinlangan vaqtda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.


2018 yil avgust oyidan Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov AKT vaziri lavozimini egallab kelayotgan edi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlardagi uzilishlar tufayli avvalroq Sodiqov oʻz lavozimidan ozod etilgandi.


Xalq taʼlimi vaziri lavozimiga shu kungacha Oʻzbekiston Respublikasini XXR favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgan Saidov Baxtiyor Odilovich nomzodi maʼqullandi.