MTRK raisi oʻzgargani ommaga eʼlon qilinmadi

MTRK raisi oʻzgaribdi ammo elon qilinmabdi.

16 yildan beri MTRK raisi hisoblangan Alisher Djoʻraqulovich oʻrnini uning oʻrinbosari Madamin Safarov egallabdi.

Bu oʻzgarish rasman elon qilinmasada xalqaro tashkilotlar yoʻllagan aloqa xatlaridan mazkur oʻzgarishni anglash mumkin.

Balki texnik xato deb raddiya berishlari ham mumkin ammo MTRK karidorlarida Madamin Safarovning rais boʻlishi haqida allaqachon muhokama qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz MTRK raisi Alisher Djoʻraqulovichni Bosh vazir Abdulla Aripov bilan quda — andachilik rishtalari bor.

Avvalroq, MTRKga kelgusi yilda ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar haqida “”Jannatdan xabarlar” uchun xarajatlar 134 mlrd. ga oshirib berilmoqda” nomli maqola eʼlon qilgandik.