Jizzaxda mahkum qoʻshnisini pichoqlab, oʻz joniga qasd qildi

Joriy yilning 17 noyabr kuni soat 15:00 atrofida Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 30-sonli manzilli koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahkum oʻz joyini tashlab ketgan va Baxmal tumani hududida joniga qasd qilgan.Bu xaqda Jizzax viloyati IIB maʼlum qildi.

Shartnoma asosida Sharof Rashidov tumani, Qaxramon MFY hududida joylashgan MCHJda ishlayotgan mahkum oʻz ish joyini tashlab ketadi. Shu kuni soat 22:00 lar atrofida oʻzi yashagan Baxmal tumani, Qirqqishloq aholi punktiga borib, qoʻshinisining oʻng qoʻl kafti va qorin qismiga oshxona pichogʻi bilan bir necha marta jaroxat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

Jabrlanuvchi qorin boʻshligʻiga oʻtkir tigʻli jism bilan sanchilib kirgan jaroxati tashxisi bilan shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsning jasadi 18 noyabr kuni soat 00:30larda Baxmal tumani hududidagi «Chorshanba» dexqon bozoridan topilgan. U bozor hududidagi savdo doʻkoni ayvoniga oʻzini osgani xabar qilinmoqda.