«Aytsang — oʻldirarlar…» — kaltaklangan blogerning aybi soʻzimi yoki jinsi?!

   Insonning hayvondan farqi — tafakkur va zabonidir. Ayni shu farqlar sabab ham ham u aziz va mukarram boʻldi. Odamni sogʻlom tafakkur va zaboni uchun ayblash va zoʻravonlik qilish -faqatgina hayvoniylikdan darak.

   Andijonlik bloger Fatima Joʻrayevaga Ulugʻnor tuman elektr tarmoqlari korxonasining bosh hisobchisi tomonidan qilingani aytilgan muomala ham hayvoniylikdir.

     Bloger ijtimoiy tarmoqda qilgan murojaatida joniga qilingan suiqasd haqida soʻzlab berdi.

    Soʻzlariga koʻra, oʻzi yuristi sifatida ishlab kelgan fermer xoʻjaligining elektr energiyasidan qarzdorligi yuzasidan soʻrov bergan. Uning soʻroviga «tushlikdan keyin keling, hammasi tayyor boʻladi» degan masʼul kishi (ismi zafar ekani aytilgan) oʻz oʻrnida boʻlmagan.

    Fatima Jurayeva esa, maʼlumot olish maqsadida TETK bosh hisobchisiga yuzlanganida, «sen kimsan, qani muhr, nima kerak» qabilidagi soʻzlar bilan baqirib ketadi.

    Oʻz himoyasi uchun videoyozuv olishga uringan F. Joʻrayeva endi jismoniy tazyiqqa uchraydi. Uning soʻzlariga koʻra, iPhone 12 Pro Max rusumli telefonini olib qoʻyishadi. Oʻzini esa, musht bilan urishib, qorin qismiga va tanasining boshqa qismlariga tepkilaydilar. Jabrlanuvchi voqea joyida yoʻqligi aytilgan mansabdor Zafar ismli shaxsning ham, undan tashqari yana uch nafar erkak ham boʻlgani va voqeaga shunchaki tomoshabin boʻlishganini taʼkidlaydi. Bloger bilan birga kelgan ikki nafar fermer ayolni ham kaltaklashadi.

     Bundan tashqari, ayol uni yuqorida ismi keltirilgan Zafar ismli shaxs  «bu ichib olgan» deya takror-takror haqorat qiladi.

    Jabrlanuvchi oʻziga nisbatan qilingan ushbu tajovuzkorlikni «yakunlanmagan suiqasd» deb ataydi. Shu bila birga, qator yuqori mansabdor shaxslardan (davlat rahbari, hukumat rahbari, Senat raisi, bosh prokuror va boshqalar) toʻliq tekshiruv oʻtkazishlarini soʻragan.

     Bugungi kunda mazkur murojaat boʻyicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

   F.Joʻrayevaning olgan tan jarohatlarini ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

  Tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi.

   Bu kabi qonunsizliklar, qonunsizliklar ustidan qilingan shikoyatlar birinchisi emas.

   Fargʻona viloyati Quva tuman IIBdagi holat haqida IIV vaziri Poʻlat Bobojonovga murojaat yuborgan sobiq inspektor ham «aslida oʻzi fuqarolardan pora olgan» boʻlib chiqqandi.

   Endilikda «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi ham bloger Fatima Joʻrayevaning oʻzi janjal qilib, toʻpolon koʻtarganini aytmoqda.

Avvalroq, Quva tumani Baynalminal MFY profilaktika inspektori lavozimida ishlagan Nozimjon Nishonovning Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonovga murojaat bilan chiqqan edi. Murojaatda Quva tumanida IIB raxbariyati tomonidan profilaktika inspektorlariga kunlik «soliq» joriy qilingani aytilgan.

Ushbu murojaatdan koʻp muddat oʻtmasdan, Katta leytenant Otabayev oʻz video murojatida Namangan shahar IIB, 2- sonli IIB da sodir boʻlayotgan noqonuniy hatti-harakatlar yuzasidan shikoyat qilgandi. Katta leytenant Otabayev video murojatda atishicha Profilaktika inspektorlariga bir oy davomida 15 tadan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183- moddasi( mayda bezorilik, jarima miqdori  270 ming soʻmdan 810 minggacha yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq) boʻyicha maʼmuriy bayonnoma tuzish majburiy reja qilib qoʻyilgan. Bundan, oddiy aholiga shuncha jarima solaverishdan profilaktika inspektorlarining vijdonlari qiynaladi. Lekin yuqoridan kelgan buyruq sababli majbur qilishadi.

Agar majburiy yuklama bajarilmasa rahbarlardan kurakda turmaydigan, oʻta yomon haqoratlar eshitishadi, deya taʼkidlagan edi.

Biroq, oradan koʻp vaqt oʻtmasdan Namangan shahar IIB sobiq profilaktika inspektori S.O. boshqa fukarolarning nomiga olingan jami 81,4 mln. soʻm kredit mablagʻlarini talon-taroj qilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14 noyabr kuni ayblanuvchi ushlanib, himoya huquqlari taʼminlangan holda tergovga jalb qilingan.